Home » Music & Audio » Qur'on mp3 - O'zbekcha
Qur'on mp3 - O'zbekcha Apk

Qur'on mp3 - O'zbekcha 1.0 APK

  • Version: 1.0
  • File size: 10.71MB
  • Requires: Android 5.0+
  • Package Name: com.quron.audio_uzbek
  • Developer: Sabr
  • Updated Feb 13, 2020
  • Price: Free
  • Rate 4.80 stars – based on 337 reviews
Qur'on mp3 - O'zbekcha App

Qurʼon (arabcha: oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad paygʻambarga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.

Islom tarixiga oid manbalarda keltirilishicha, Qurʼon nozil boʻlishi milodiy 610-yil boshlangan. Muhammad paygʻambar 40 yoshda Makka shahri yaqinidagi Hiro gʻorida chuqur tafakkurga berilib oʻtirgan bir paytda Jabroil farishta „Iqroʼ“ („Oʻqi“) deb boshlanuvchi „Alaq“ surasining avvalgi 5 oyatini keltirdi. Bu jarayon Makkada 13 yil, Madinada 10 yil, hammasi boʻlib 23 yil davom etgan. Qurʼonning nozil qilinishi islom aqidasi boʻyicha ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi yuz bergan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, roʻza tutilgan kunning 27-kechasi laylatul-qadr, yaʼni qadrli, ilohiy qudrat namoyon boʻladigan, bandalarning bir yillik taqdiri hal qilinadigan (qadr — taqdir, oʻlchov) tabarruk kecha deb ulugʻlanadi.

Qurʼon sura va oyatlarining nozil boʻlish tartibi voqealarning rivojiga qarab davom etgan. Ilk islom davrida nozil boʻlgan suralar, asosan, Allohning yagonaligi, borliqning mutlaq ilohi, dunyodagi barcha narsalar uning borligidan darak beruvchi dalil ekani, islom taʼlimotida belgilangan aqidaviy tushunchalar — farishtalar, paygʻambarlar, muqaddas kitoblar, oxirat, jannat va doʻzaxning haqligi toʻgʻrisida edi. Paygʻambar va musulmonlarga ogʻir kelgan Makka davrida sabr-bardoshga chaqiruvchi, din yoʻlida chekilgan mashaqqatlar uchun ulugʻ ajru mukofotlar borligi haqidagi oyatlar nozil etilgan boʻlsa, musulmonlar jamoasi shakllangan Madina davriga diniy marosim va ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga bagʻishlangan oyatlar toʻgʻri keladi. Paygʻambarga diniy masalalar boʻyicha berilgan savollarga u vahiy orqali nozil qilingan oyatlar bilan javob berar edi.

Ushbu ilovada Qur`oni Karimning taniqli qorilar tomonidan ijro etilgan audiolarini tinglashingiz mumkin.
Musulmon olamidagi taniqli qorilar:
Abdurahmon Sudays, Abu Bakr Shatriy, Mishari Roshid al Afasiy, Mohir al Muayqili, Saad al-G‘omidiy, Tavfiq ibn Said
Xalifa at Tunaiji, Abdulloh Basfar, Abdurrahmon al-Usiy, Ali Huzayfiy, Ahmad al-Ajmiy, Bandar ibn Abdulaziz Balila
Vadiy’ al Yamaniy, Muhammad Ayyub, Sa’ud Shuraym, Haniy ar-Rifa’iy lar tomonidan ijro etilgan eng sara Qur`on tiloatini tinglang.

Show More