Home » Music & Audio » Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 2-qism
Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 2-qism Apk

Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 2-qism 1.0 APK

  • Version: 1.0
  • File size: 51.03MB
  • Requires: Android 4.1+
  • Package Name: com.yulduz.usmonova2
  • Developer: WS Media
  • Updated Nov 21, 2018
  • Price: Free
  • Rate 5.00 stars – based on 6 reviews
What's New?

Collapse

Yulduz Usmonova qo'shiqlari, 2-qism App

Yulduz O`rayimoxunovna Usmonova (1963-yil 12-dekabrda Marg`ilonda tug`ilgan) — o`zbek estrada xonandasi, bastakor. O`zbekiston (1995), Qoraqalpog`iston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). O`zi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 yildan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qo`shiqchiligiga katta hissa qo`shib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, jo`shqinlik, ko`tarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qo`shiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan o`rin olgan aksariyat qo`shiqlarning (so`zi va musiqasi) muallifi.
Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qo`llash orqali vatanparvarlik ruhidagi jo`shqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida o`ziga xos daʼvat qo`shiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston», «O`zingdan qo`ymasin, xalqim», «Elim», «O`zbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr o`zbek qo`shiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «G`iybat, bo`hton o`ldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qo`shiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qo`shiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini o`ynagan, ko`pgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qa`ridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolg`on dunyo» kinofilmlar uchun qo`shiqlar ijro etgan.
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qo`shiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor bo`lgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo`lgan.
2-chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati

Ushbu ilovada Yulduz Usmonovaning:

- Alam-alam
- Ayol makri
- Bahorim
- Ber Ollohim
- Birga kuylang
- Bu hayot qiziq
- Buni hayot derlar
- Dunyo
- Ey aziz inson
- Hech qachon
- Jim dunyo
- Ko`rmadim
- Kuyunma ayol
- Menikisiz
- Olloh
- Osmonimga olib ketaman
- O`zingdan qo`ymasin xalqim
- Qizg`aldoq
- Sevgi bor ishon
- Tegaman
- Yigit yog`lamasin
- Turkman qiz nomli taronalari joy olgan.

Show More